Arsenal Aston Villa darvozaboni Gyuzanga qiziqmoqda

Narzulla Saydullayev
9 okt 2013, 09:41
Aston Villa posboni Bred Gyuzan Arsenal qiziqishlari doirasiga kirib qoldi.
Kanonirlar murabbiylar shtabi 29 yoshli AQSH terma jamoasi posboniga e'tibor qaratishdi. Klub skautlari Gyuzanni ikki bor o'yinlarda kuzatishdi, deb xabar bermoqda MLSsoccer.

 Arsenal hamon Voychex Shchensniga o'rinbosar qidirishda davom etmoqda, oldinroq London klubiga Asmir Begovich (Stok Siti), Julio Sezar (KPR) va Tim Krul  (Nyukasl) kabi posbonlar o'tishi mumkinligi haqidagi xabarlar chiqqandi. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru