"Arsenal" AQSH terma jamoasi darvozaboni Ternerning transferi borasida kelishuvga erishdi

Alisher
28 yanv 2022
"Arsenal" AQSH va "Nyu-Inglend" darvozaboni Mett Ternerning transferi borasida kelishuvga erishdi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, 27 yoshli amerikalik "kanonirlar" uchun 7 mln evroga tushadi, yana 3 million evro ehtimoliy bonuslar sifatida ko'zda tutilgan.

Futbolchi yangi jamoasiga yozda kelib qo'shiladi.

Terner MLSda 2021 yilgi mavsum so'nggiga ko'ra Amerika ligasining eng yaxshi darvozaboni deb topildi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano