"Arsenal" 34 yil oldingi xunuk natijasini takrorladi

Mirjalol Normatov
23 noya 2020
"Arsenal" APLning 9-turida safarda "Lids" bilan 0:0 hisobidagi durangni qayd etdi.

"Goal" hisoblariga ko'ra, "kanonirlar" 1986/87 yilgi mavsumdan buyon samaradorlik borasida ilk marta yomon natija ko'rsatdi. Ispaniyalik mutaxassis Mikel Arteta boshqaruvidagi jamoa 9 turda atigi 9ta gol urdi.

"Arsenal" ayni damda 13 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida 9-o'rinni egallab turibdi. Jamoa navbatdagi uchrashuvini o'z maydonida "Vulverxempton"ga qarshi o'tkazadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal