Arne Slot: "Agar "Liverpul" – "Arsenal" o'yini shu yo'sinda 10 marta o'ynalganida, 8 tasi durang bilan yakunlangan bo'lardi"

Sherzod Nurmatov
2 sen 2025
Slot "Liverpul"ning "Arsenal" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng dadil bayonot berdi

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot APL 3-turida "Arsenal"ga qarshi kechgan muhim o'yin haqida gapirdi. Uchrashuv "Enfild"da bo'lib o'tdi va mezbonlarning minimal g'alabasi bilan yakunlandi (1:0).

"Agar bu o'yin shu yo'sinda 10 marta o'ynalganida, 8 tasi durang bilan yakunlangan bo'lardi, 1 marta biz, 1 marta "Arsenal" g'alaba qozongan bo'lardi", – dedi Slot.

Eslatib o'tamiz, uchrashuvdagi yagona gol 83-daqiqada Dominik Soboslai tomonidan jarima zarbasidan urildi va "Liverpul" 1:0 hisobida zafar quchdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC