Arias: "Xames men bilan "Atletiko" borasida gaplashgandi"

Alisher
11 okt 2019
"Atletiko" va Kolumbiya terma jamoasi himoyachisi Santyago Arias terma jamoadagi sherigi Xames Rodriges bilan "matraschilar" borasida gaplashgan.

"Ha, bu haqiqat. Biz "Atletiko" haqida gaplashdik. Men undan mish-mishlarning haqiqat yoki yo'qligini so'radim va jamoa hayoti haqida gapirib berdim", - deydi Arias.

Xames yozda "Real" va "Atletiko" o'rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangani sabab yakunda "qaymoqranglilar" safida qolgan edi.

Eslatib o'tamiz, Arias va Xames Kolumbiya terma jamoasida birga o'ynashadi.


AlisherMuallif
Manba: Marca