

Mazkur terma jamoalar shu vaqtgacha o'zaro 13 marta to'qnash kelgan. Ulardan 7 tasida argentinaliklar g'olib bo'lgan va oxirgi uchrashuv bilan birga yana ikki o'yinda “uch ranglilar” g'alaba qilgan.
Uchta o'yinda esa durang qayd etilgan va eng qizig'i ularda hisob ochilmagan.
JCH-1930, guruh bosqichi
Argentina – Fransiya 1:0
O'rtoqlik o'yini-1965
Fransiya – Argentina 0:0
O'rtoqlik o'yini-1971
Argentina – Fransiya 3:4
O'rtoqlik o'yini-1971
Argentina – Fransiya 2:0
O'rtoqlik o'yini-1972
Fransiya – Argentina 0:0
O'rtoqlik o'yini-1974
Fransiya – Argentina 0:1
O'rtoqlik o'yini-1977
Argentina – Fransiya 0:0
O'rtoqlik o'yini-1986
Fransiya – Argentina 2:0
JCH-1978, guruh bosqichi
Argentina – Fransiya 2:1
Prezident kubogi-1981
Fransiya – Argentina 3:4
O'rtoqlik o'yini-2007
Fransiya – Argentina 0:1
O'rtoqlik o'yini-2009
Fransiya – Argentina 0:2
JCH-2018, 1/8 final
Fransiya – Argentina 4:3
Eslatib o'tamiz, Argentina 5 marta finalga chiqib, 2 bor chempion bo'lgan. Fransiya esa 3 ta finalning 2 tasida muvaffaqiyat qozongan. Qatardagi mundialning hal qiluvchi uchrashuvi 18 dekabr kuni 20:00 da “Lusayl” stadioni boshlanadi.



