Argentina terma jamoasi posboniga Atlantadagi maydon yoqmadi: "O'sish kerak, aks xolda Amerika Kubogi doimo Evrodan pastda bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
22 iyun 2024, 13:34
Argentina terma jamoasi posboni Emiliano Martinesga Atlantadagi "Mersedes Benc Stedium" maydoni yoqmadi.

Ushbu arenada Amerika Kubogi ochilish uchrashuvi bo'lib o'tdi. Bu bahsda Argentina Kanadani 2:0 hisobida taslim qildi.

"Maydon holati qo'rqinchli edi. Juda notekis. Bu borada o'sish kerak, aks xolda Amerika Kubogi Yevropa chempionatidan daraja bo'yicha pastda yuraveradi" - dedi Martines.

Ushbu maydonda sun'iy qoplama ishlatiladi. Ammo Amerika Kubogi uchun sun'iy qoplama ustidan tabiiy chim yotqizilgan. Buni bir hafta oldin bajarishgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN