

Ikkinchi bo'lim boshida Arda Turan 17 daqiqa ichida 3ta gol urishga erishdi. Shu tariqa, Turan YCHLda xet-trik qayd etgan uchinchi turkiyalik futbolchiga aylandi. Bunga qadar musobaqada Burak Yilmaz va Tunjay Shonli bir o'yinda uchta gol urishga muvaffaq bo'lishgandi.



