Arablar Benjamin Uilyamsning tayinlanuvidan norozi

Narzulla Saydullayev
18 yanv 2015, 12:17
Xabaringiz bor, bugungi O'zbekiston va Saudiya Arabistoni o'rtasidagi o'yinni avstraliyalik hakamlar boshqarib borishadi.
Olingan ma'lumotlarga ko'ra, arablar uchrashuvda Benjamin Uilyams ishlashidan norozilar.

Takidlash lozimki, ushbu hakam Saudiya Arabistonining turli yoshdagi terma jamoalari ishtirokidagi 6ta o'yinda ishlagan. Shulardan 3tasida Saudiya Arabistoni yutgan, qolgan uchta uchrashuvda durang o'ynagan.


Osiyo Kubogi. "B" guruhi
3-tur. 18 yanvar
O'zbekiston - S.Arabistoni
Bosh hakam
: Benjamin Uilyams (Avstraliya)
Qanot hakamlari: Mettyu Krim, Pol Getrangolo (ikkalasi - Avstraliya)
Zaxira hakami: Ammar Ali Al Junaybi (BAA)
Nazoratchi: Xani Tolib Ballan (Qatar)

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia