AQSH U-20 terma jamoasi O'zbekistondagi xalqaro turnirga kelmaydigan bo'ldi

Aslanov Jasurbek
4 mar 2026, 19:39
Xabaringiz bor, shu kunlarda Toshkentdagi "Milliy futbol markazi"da O'zbekiston U-20, Yaponiya U-20 hamda AQSH U-20 terma jamoalari ishtirokida o'rtoqlik turniri o'tkazilishi rejalashtirilgan edi.

Biroq, "Championat.asia" saytiga ma'lum bo'lishicha, okeanorti vakillari ushbu musobaqadagi ishtirokini bekor qilgan.

Championat.asia saytining AQSHdagi manbasi bergan ma'lumotida AQSH U-20 terma jamoasining O'zbekistonga safari bekor qilinganini rasman tasdiqladi. Tashkilot bunga asosiy sabab sifatida "nobarqaror vaziyat"ni ko'rsatib o'tgan.

Musobaqa taqvimi qanday edi?

Avvalroq e'lon qilingan taqvimga ko'ra, AQSH yoshlari Toshkentdagi turnir doirasida ikkita o'yin o'tkazishi kerak edi:

28 mart, 15:00 - O'zbekiston U-20 – AQSH U-20

30 mart, 14:00 - Yaponiya U-20 – AQSH U-20

Hozircha O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O'FA) ushbu turnir formati qanday o'zgarishi yoki musobaqada faqat O'zbekiston U-20 hamda Yaponiya U-20 terma jamoalari o'zaro maydonga tushishi haqida rasmiy bayonot bergani yo'q. Eslatib o'tamiz, vakillarimizning kunchiqar yurt vakillariga qarshi bahsi 25 mart kuni soat 15:00 ga belgilangan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia