AQSH ayollar termasini 2 karra jahon chempioni qilgan mutaxassis kutilmaganda lavozimini tark etdi
Eldor Akmurzayev
8 okt 2019, 00:50
FIFA talqiniga ko'ra 2019 yilning eng yaxshi ayol murabbiyi bo'lgan Jill Ellis AQSH terma jamoasi boshqaruvidan ketdi.
Uning nega bunday qarorga kelgani esa hozircha ma'lum emas. Ellis AQSH termasida 2014 yili ish boshlagan bo'lib, shu vaqt oralig'ida 53 yoshli mutaxassis qatorasiga 2 bora (2015, 2019) jahon chempionligini qo'lga kiritdi.