APLning uch top-klubi "Portu" futbolchisiga qiziqmoqda

Alisher
20 may 2022, 12:58
"Liverpul", "Manchester Yunayted" va "Nyukasl" "Portu" hujumchisi Otavioga qiziqmoqda.

Futbolchi "Portu"ga 2016 yilda o'tgan edi va klub safida 236ta o'yinda 24ta gol urishga erishdi. U odatda o'ng qanot vingeri sifatida harakat qiladi.

O'yinchining shartnomasi uch yildan so'ng yakuniga etadi, ammo shartnomada 60 mln evroga xarid qilish borasidagi band bor.

Futbolchi joriy mavsum Portugaliya chempionati doirasidagi 32ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol v 11ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: A Bola