

Avvalroq ingliz klubi Mark Gexini qo'lga kiritishga uringandi, ammo u oxir-oqibat "Manchester Siti"ga o'tadigan bo'ldi.
Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, Bastonining bozor qiymati 80 mln evroni tashkil qiladi. Italiyalik futbolchining "Inter" bilan tuzgan shartnomasi 2028 yilning 30 iyunigacha amal qiladi. Joriy mavsum u "Inter" safida 24 o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 5 ta golli pas uzatdi.
Qayd etilishicha, 26 yoshli futbolchi Angliyaga ko'chib o'tishga qiziqish bildirmoqda va o'zini Premer-ligada sinab ko'rishga tayyor. Bastonidan tashqari, "Liverpul" markaziy himoyachi poziciyasi uchun short-listida Dortmundning "Borussiya"si futbolchisi Niko Shlotterbek ham bor. U 2026 yilgi Jahon chempionatidan keyin klubini almashtirishi mumkin.



