APLning 31-tur o'yinlari bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi

Mirjalol Normatov
9 apr 2021
Bugun APLning 31-tur o'yinlariga start beriladi.

Qayd etish kerak, ushbu turning barcha o'yinlari bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi. Bunga bugun Qirolicha Elizaveta II ning turmush o'rtog'i shahzoda Filippning vafot etgani sabab bo'lmoqda. Shuningdek, futbolchilarning qo'lida qora bog'ich ham bo'ladi. 

Shahzoda Filipp 99 yoshda edi. 2 oydan keyin uning 100 yilligi nishonlanishi kutilayotgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal