APLda atiga 2ta o'yin o'tkazgan darvozabon Angliya terma jamoasiga chaqirildi

Narzulla Saydullayev
4 sen 2018, 22:24
Fulxem posboni Markus Bettinelli ilk bor Angliya terma jamoasiga chaqirildi.

26 yoshli posbon faqat mana shu mavsumda APLda debyut qildi. Oldingi 4 yilni u klubi safida chempionshipda o'tkazdi.

Bettinelli Bernli (4:2) va Brayton (2:2) bilan o'yinlarda maydonga tushdi.

Angliya terma jamoasi 8 sentyabr kuni Millatlar ligasi doirasida Ispaniya bilan, 11 sentyabrda esa Shveytsariya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: SkySports.com