APL. MYU safar o'yinlaridagi mag'lubiyatsiz seriya bo'yicha “Arsenal”ning natijasini takrorladi. Rekordga esa oz qoldi

Eldor Akmurzayev
8 mar 2021
Angliya chempionati 27-turidan o'rin olgan markaziy uchrashuvda “Manchester Yunayted: safarda "Man Siti”ni taslim etdi – 2:0.

Ole-Gunnar Sulsher boshqaruvidagi jamoa APL doirasida mehmonda o'tgan bahslardagi mag'lubiyatsiz seriyasini 22 taga etkazib olgan holda “Arsenal”ning 2001-2002 yillar davomida ko'rsatgan natijasini takrorladi.

Bu borada Angliya yuqori divizionlaridagi rekord ham aynan “Arsenal”ga tegishlidir. “To'pchilar” 2003-2004 yillarda safardagi ketma-ket 27 uchrashuvda mag'lub bo'lishmagandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: William Hill