APL to'xtatiladimi? Klublar bir qarorga kelishdi

Оқил Абдубарноев
20 dek 2021, 20:49
Dushanba kuni Angliya Premer-ligasi klublari vakillari onlayn tarzda uchrashishdi. Klublar koronavirus bilan bog'liq mavjud vaziyatni muhokama qilishdi - o'tgan haftada klublarda infekciyalar avj olgani sababli bir qator o'yinlar qoldirildi.

Manbaning xabariga ko'ra, klublar uchta variantni muhokama qilishgan: bayram kunlaridagi barcha uchrashuvlarni keyinroqqa qoldirish, bir turni o'tkazib yuborish hamda vaziyat yaxshilanmaguncha mavsumni butunlay vaqtincha to'xtatib turish. Variantlarning hech biri ko'pchilik klublar tomonidan qo'llab-quvvatlanmadi, uchinchi variant esa umuman hech kim tomonidan maqullanmadi.

Shu tariqa, Premer-liga rejadagidek davom etadigan bo'ldi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: The Athletic