

London klubi Yuventusga hujumchini 80 mln evro evaziga transfer qilish taklifi bilan chiqdi, deb xabar beradi ESPN.
Ko'klar Fiorentinadagi faoliyati davomida klub e'tiborini tortgan futbolchini olib kelish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Qayd etilishicha, Chelsi bo'lajak bosh murabbiy Maurisio Pochettinoga yozda yuqori saviyali hujumchi bilan shartnoma imzolashga vada bergan.
Vlahovichning o'zi Chelsiga o'tishga rozi. 23 yoshli serb xizmatlariga Atletiko va Bavariya ham qiziqish bildirmoqda.
Vlahovich bu mavsumda A Seriyada 26ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 2ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.



