Vlahovichdan keyin "Yuve" bor e'tiborini Nandesga qaratadi

Оқил Абдубарноев
25 yanv 2022
Turinning "Yuventus" klubi Dushan Vlahovich transferidan so'ng "Kalyari" yarim himoyachisi Naitan Nandesni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Manbaning xabariga ko'ra, transfer oynasining qolgan kunlarida aynan urugvaylik futbolchi turinliklarning asosiy maqsadi bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, 26 yoshli o'yinchi "Kalyari"da uchinchi mavsumini o'tkazmoqda. Avvalroq futbolchi Urugvay va Argentina chempionatlarida to'p surgan.

Joriy mavsumda Nandes Italiya chempionatida 17 ta o'yin o'tkazib, ikkita golli uzatma amalga oshirgan. Germaniyaning Transfermarkt portali futbolchining bozor narxini 18 million evroga baholamoqda.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Football Italia