APL. Keyingi haftadan qaysi stadionlarga muxlislar qaytishi ma'lum bo'ldi

Eldor Akmurzayev
26 noya 2020, 21:15
Buyuk Britaniyada 2 dekabrdan boshlab karantin qoidlari yumshatiladi.

Sky Sports xabar berishicha, Angliya chempionatidagi klublarning yarmiga cheklangan miqdorda (2.000 nafar) muxlislarning stadionga qo'yishiga ruxsat berilgan. Bular, quyidagi 10 ta klub: “Tottenxem”, “Chelsi”, “Vest Xem”, “Kristal Pelas”, “Arsenal”, “Fulxem”, “Liverpul”, “Everton”, “Brayton” va “Sautgempton”.

Qolgan o'n klub esa o'z o'yinlarini ishqibozlarsiz o'tkazishda davom etadi: “Aston Villa”, “Vulverxempton”, “Manchester Yunayted”, “Manchester Siti”, “Nyukasl”, “Lids”, “Vest Bromvich”, “Sheffild”, “Lester”, “Byornli”. Bu koronavirus bilan kasallanish ko'rsatkichi bilan bog'liqligi aytilmoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports