

“Ushbu vaziyatda Edegor qo'li bilan to'pga harakatlanmagandi, u tanasi tomon harakatlangandi. U to'pga qo'li bilan tasodifan tegib ketgan”,-deyilgan bayonotda.
Bahsning 18-daqiqasida Muhammad Saloh to'pni raqib jarima maydonchasiga uzatdi. "Arsenal" xavbeki Martin Edegor qo'lini pastga tushirgan holda, to'pni to'xtatdi. Uchrashuv bosh hakami Kris Evans penalti belgilamadi, VAR esa vaziyatga aralashgani yo'q.



