APL Falastin va Isroil bayroqlaridan foydalanishni taqiqladi
Aziz Tukhtamuradov
20 okt 2023, 08:52
APL va Angliya futbol ligasi shu hafta o'tkaziladigan o'yinlarda Falastin va Isroil bayroqlaridan foydalanishni taqiqladi.
Yaqin sharqdagi notinch vaziyat sabab shunday qarorga kelingan.
Ma'lum bo'lishicha, shu hafta bo'ladigan o'yinlarda futbolchilar qora bog'ich taqib o'ynashadi va o'yinlar oldidan qurbonlar xotirasiga sukut saqlanadi.