Anvar Rahimov: "Bor e'tiborimizni "UzDongJu" bilan bellashuvga qaratgandik"

Narzulla Saydullayev
11 may 2016
O'zbekiston Birinchiligining 8-turidan o'rin olgan "Oq-tepa" - "UzDongJu" (3:2) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyin mezbonlar a'zosi Anvar Rahimovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Qiyin o'yin bo'ldi. Bugungi uchrashuvdagi g'alaba biz uchun juda muhim edi. Boisi, turnir jadvalida o'zimizga mos bo'lmagan o'rinlarni egallab turibmiz. Agar yana ochko yo'qotadigan bo'lsak, peshqadamlar bilan oradagi ochkolar farqi juda kattalashib ketardi. Shuning uchun bor e'tiborimizni bugungi bellashuvga qaratgandik. Xudoga shukr, maqsadimizga etdik. "UzDongJu" yaxshi jamoa ekanligini ko'rinib turdi. Ochig'i, bugun bizga omad ham kulib boqdi, - deydi Rahimov.

"Oq-tepa" matbuot xizmati


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia