Anvar Berdiev: "Kim Bo Yongning o'rniga ikkinchi davrada futbolchi olishga harakat qilamiz"

Mirjalol Normatov
15 may 2022, 10:41
Pro-liganing 8-turidan o'rin olgan "Turon" - "Mashal" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yinni ko'rdinglar oson bo'lgani yo'q. Shunday qiyin uchrashuvda yigitlar iroda ko'rsatishdi. Bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga, klubimiz rahbarlariga minnatdorchilik bildiramiz", - deydi Anvar Berdiev. 

"G'alaba bilan barchani tabriklayman. Raqib yaxshi shakllangan jamoa edi. Jamoaviy o'yin hisobiga g'alaba qozondik. Albatta faoliyatimda shunga o'xshash gollar bo'lgan. Har bir golning qadri o'zgacha", - deydi A'zam Aliev.

- Raqib safidagi Mikola Agapov borasida himoyachilarga ko'rsatma berganmidingiz?

- "Mashal"ning "Andijon"ga qarshi o'yinini stadiondan kuzatdim. Mikola Agapov yaxshi hujumchi ekanligini, vaziyatlardan foydalanib ketishi mumkinligini himoyachilarga aytgandim. O'sha vaziyatni yana ko'rib chiqamiz. Kamchiliklarni to'g'rilashga harakat qilamiz.

- O'yin yakunida muxlislar Kim Boyong bilan xayrlashishdi. U jamoani rasman tark etdi. Transferlar vaqtida uning o'rniga boshqa futbolchi olishni rejalashtiryapsizmi?

- Ikkinchi davrada futbolchilar olamiz. Hozirda tarkibimizdagi qanot hujumchilarining hammasida jarohat bor. Shunga qaramay shogirdlarim iroda ko'rsatishdi. Ulardan mamnunman.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia