Antuan Grizmann: "Faoliyatimni qayerda davom ettiraman? Yaxshi savol, ammo buni bilmayman"

Alisher
3 iyun 2019
"Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann Fransiya terma jamoasining Boliviya bilan o'tgan o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng faoliyatini qayerda davom ettirishi borasidagi savolga javob berdi.

"Faoliyatimni qayerda davom ettiraman? Yaxshi savol, ammo buni bilmayman. Ko'ramiz. Hammasini vaqt ko'rsatadi.

Fransiya terma jamoasi uchun o'ynash bu ajoyib. Bu hammaga ham berilmaydigan narsa. Biz Fransiya futbolini namoyish etayotganimizdan xursandmiz", - deydi Grizmann.


AlisherMuallif
Manba: Goal