Antonio Konte: "Pirlo "Chelsi" murabbiylar shtabida bo'lmaydi"

Tolibjon Qosimov
8 apr 2017, 21:24
"Chelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte "Nyu-York Siti" yarim himoyachisi Andrea Pirlo uning yordamchisi bo'lishi mumkinligi haqidagi gap-so'zlarni rad etdi.

"Pirlo haqidagi gaplar menga g'alatidek tuyulmoqda. Chunki, Andrea o'ynashni davom ettirishni istaydi. Bunday mish-mishlarni qayoqdan olishlarini bilmayman", - deydi Konte.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Talksport