Anton Valdemarning agenti: "Anton Yoaxim Lyov jamoasidan taklif kutmoqda"

Aslanov Jasurbek
13 sen 2018, 17:39
O'zbekistonda tug'ilgan "Gannover" himoyachisi Anton Valdemar agenti Rene Noynekerning so'zlariga ko'ra, uning mijozi Germaniya terma jamoasi ustozi Yoaxim Lyovdan taklif kutmoqda.

"Vaziyat og'ir. Anton nima qilishni bilmayapti. U Germaniya va Rossiya uchun ham o'ynamoqchi. Valdemarda Yoaxim Lyov jamoasida to'p tepish imkoni bor. U Bundesliga tarixidagi eng yosh sardor. Vaziyatni kuzatishimiz kerak. Anton Valdemar yaqin 2 oy ichida Yoaxim Lyovdan Germaniya terma jamoasi uchun taklif kutadi" - deydi Noyneker.

22 yoshli futbolchi O'zbekistonda, Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida dunyoga kelgan. Anton 2015/16 mavsumda "Gannover" safida debyut qilgan va ayni damda Bundesligadagi eng yosh jamoa sardori hisoblanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com