Angliyaning eng yaxshi to'purari vafot etdi

Mirjalol Normatov
19 sen 2021
Angliya termasi tarkibida 1966 yili jahon chempioni bo'lgan Jimmi Grivz vafot etdi.

Grivz "Chelsi" va "Tottenxem"dagi faoliyati bilan barchaga mashhur. U Angliya chempionatida 6 marta to'purar bo'lgan va bu natija rekord hisoblanadi.

Grivz Angliya yuqori dizivionlari tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi. Uning hisobida 357 gol bor. Undan tashqari u "Tottenxem"ning ham eng yaxshi to'puraridir - 379 o'yinda 266 gol.

Angliya termasi tarkibida u 57 o'yinda 44 gol urgan.




Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia