Angliya termasining sobiq futbolchisi faoliyatini yakunladi

Mirjalol Normatov
26 iyul 2019, 00:17
35 yoshli Darren Bent futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.

Bent 18 yillik faoliyati davomida "Ipsvich", "Charlton", "Tottenxem", "Sanderlend", "Aston Villu", "Fulxem" va "Derbi" kabi jamoalar sharafini himoya qildi. Uning so'nggi jamoasi esa "Berton Albion" bo'lgandi.

Bent APLda 106 gol urishga erishgan. Shuningdek, Angliya termasi tarkibida 13 o'yinda 4 gol kiritgan. Qayd etish kerak, u faoliyati davomida Angliya Liga Kubogi sovrininigina qo'lga kiritgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal