

Bu haqda jurnalist Matteo Moretto yozdi. "Matraschilar" 24 yoshli Angliya terma jamoasi futbolchisi uchun 30 million evro va bonuslar berishga tayyor. "Ko'klar" esa APLning moliyaviy feyr-pley qoidalaridan chiqib ketmaslik uchun o'z tarbiyalanuvchilarini sotishga harakat qilishmoqda.
Gallaxerning o'zi ham klubini almashtirishga qarshi emas, chunki u "Chelsi"ning yangi ustozi Enco Mareska quradigan futbol uslubi unga tushmaydi deb hisoblamoqda. Gallaxer o'tgan mavsum APLda 37ta o'yinda maydonga tushib 5ta gol urdi va 7ta assist berdi.




