"Manchester Siti" "Tottenxem"ni mag'lub etib, Angliya Liga kubogini qo'lga kiritdi

Eldor Akmurzayev
25 apr 2021
Musobaqaning hal qiluvchi uchrashuvi "Manchester Siti" va "Tottenxem" o'rtasida bo'lib o'tdi.

"Manchester Siti" – "Tottenxem" 1:0

20.30, "Uembli"
Gol: 82 - Laport 1:0

"Manchester Siti": Steffen, Uolker, Laport, Diash, Kanselu, Fernandino, Gyundogan, De Bryoyne, Marez, Foden, Sterling.

Zaxira: Ederson, Ake, Zinchenko, B. Mendi, Rodrigo Ernandes, Silva, Aguero, Jezus, Ferran Torres.

"Tottenxem": Loris, Alderveyreld, Regilon, Ore, Dayer, Lo Chelso, Xyoyberg, Uinks, Lukas Moura, Son Xyon Min, Keyn.

Zaxira: Xart, Sanches, Alli, Tanganga, Lamela, Sissoko, N'Dombele, Beyl, Bergveyn.

YANGILASH



UCHRASHUV YAKUNLANDI

Hakam ikkinchi bo'limga uch daqiqa qo'shib berdi

87. O'zgarish: De Bryune maydoni tark etdi, uning o'rniga Bernardo Silva maydonga tushdi

84. O'zgarish: Xyoyberg maydonni tark etdi, uning o'rniga Alli tushdi

De Bryunedan ajoyib uzatma va ispaniyalikdan gol

82. GOOOOOOOOOL. Laport hisobni ochmoqda

73. UXXXXX. MAREEEEEEEZ. Jaroirlining uzoqdan yo'llagan kuchli va aniq zarbasini londonliklar darvozaboni qiyinchilik bilan bartaf etmoqda

72. ZARBAA. Sterling qanotdan hujumga o'tdi va to'pni Gyundaganga uzatdi, biroq germaniyalikning zarbasi noaniq

71. ZARBAA. De Bryunedan yaxshi uzatma va Fernandino boshi bilan zarba yo'lladi, biroq Loris to'pni ushlab oldi

67. O'zgarish: Moura va Jovani Lo Chelso maydonni tark etdi, ularning o'rniga Sissoko va Beyl maydonga tushdi

63. Keyn jarima maydonchasiga kirib bordi va Xeybergga to'pni uzatdi, biroq londonliklar yarim himoyachisi hujumchi emasligini bilinib qoldi

61. UXXXX. Qanotdan uzatilgan to'pni Gyundagan boshi bilan zarba berdi, biroq noaniq

59. Ogohlantirish: Fernandino hakam tomonidan ogohlantirildi

54. ZARBA. Maxrez jarima maydonchasiga kirib bordi va zarba yo'lladi, biroq to'p himoyachilarga tegib, sekin darvozabonning qo'liga bordi

47. ZARBAAAA. Jovani Lo Chelsoning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasini darvozabon qaytarmoqda

IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI

BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI

45+1. ZARBAAAAA. KANSELOdan ajoyib zarba, londonliklar darvozaboni bartaraf etmoqda

hakam birinchi bo'limga bir daqiqa qo'shib berdi

45. Ogohlantirish: Moura qochib ketayotgandi, Laport esa qo'pollik ishlatdi

40. Londonliklar sekinlik bilan raqib maydonchasiga yaqinlashib bormoqda

36. ZARBAAAA. MAXREEEEZ.... Jazoirlikning qanotdan yo'llagan zarbasi noaniq

27. Ogohlantirish: Regulon hakam tomonidan ogohlanitirildi.

26. UXXXXX. Fodenda yaxshi imkoniyat, biroq himoyachilar yaxshi harakat qilishmoqda

22. Uchrashu to'liq "Shaharlik"larda

18. ZARBAA. De Bryune jarima zarbasini amalga oshirdi, to'p himoyachilarga tegdi.

14. Maxrez burchak zarbasini amalga oshirdi, biroq himoyachilar yaxshi harakat qilishdi

8. ZARBAAA. Foden birga bir chiqib bordi va zarba yo'lladi, biroq zarba aniq emas.

Uchrashuv boshlandi

Instagram'dagi @angliyafutboli sahifasiga obuna bo'ling! 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia