Angliya Liga Kubogi doirasida bugun o'tishi kerak bo'lgan “Tottenxem” ishtirokidagi bahs bekor qilindi

Eldor Akmurzayev
22 sen 2020
Bunga mezbon jamoa “Leyton Orient”dagi bir necha futbolchining koronavirus bilan kasallanishi sabab bo'lgan.

Buni klub prezidenti Nayjel Travers ham tasdiqladi. Uning so'zlariga ko'ra, katta ehtimol bilan ushbu o'yin boshqa muddatga qoldirilmaydi va bekor qilinadi. Keyingi bosqichga esa “shporlar” yo'l olishadi.

Qayd etilishicha, “Leyton Orient” 10 a'zosining topshirgan tahlillari ijobiy chiqqan.

Eslatib o'tamiz, Angliya Liga Kubogi 1/16 finali doirasidagi  bahs 22:00 ga belgilangandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: euro-football.ru