Angliya liga kubogi. “Chelsi” “Tottenxem”ni mag'lub etib, finalga chiqdi

25 yanv 2019, 07:00
Angliya liga kubogi yarim finali javob uchrashuvida “Chelsi”ning qo'li baland keldi.

O'yinda 2:1 hisobida “Chelsi” “Tottenxem”ni mag'lub etdi. Gollarga mezbonlar safida Ngolo Kante va Eden Azar, mehmonlardan esa Fernando Lorente mualliflik qildi. Natijada g'olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda omad “aristokratlar”ga kulib boqdi. Jamoa shu tariqa finalga yo'l oldi. Ular finalda “Manchester Siti”ga qarshi o'ynaydi.


“Chelsi” – “Tottenxem” 2:1 (penaltilar bo'yicha 4:2)
Gollar: 1:0 – 27 Kante, 2:0 – 38 Azar, 2:1 – 50 Lorente.
Chelsi – 
Arrisabalaga, Aspilikueta, Ryudiger, Emerson, David Luiz, Kante, Barkli (Kovachich, 81), Pedro (Villian, 76), Jorjino, Azar, Jiru.
Tottenxem – Gassaniga, Ore, Vertongen, Devis (Rouz, 33), Alderveyreld, Sissoko (Sanches, 80), Eriksen, Dayer, Uinks, Lamela, Lorente (Lukas Moura, 68).
Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 4:2.
Ogohlantirishlar: Jorjino (53), Kante (56), Aspilikueta (66), Sissoko (73).
Birinchi o'yin: 0:1.


Manba: Championat.asia