Angliya Kubogi: Chorak finalda "Manchester Siti" va "Liverpul" o'zaro to'qnash keladi

Aslanov Jasurbek
10 mar 2026
Angliya Kubogining 1/4 final bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Ushbu bosqichda muxlislarni markaziy super to'qnashuv kutib turibdi. Turnirning amaldagi favoritlaridan hisoblangan Manchester Siti va Liverpul klublari yarim final yo'llanmasi uchun o'zaro bahs olib borishadi.

Quyida chorak finalning barcha juftliklari bilan tanishing:

"Sautgempton" - "Arsenal"

"Chelsi" - "Port Veyl"

"Manchester Siti - "Liverpul"

"Vest Xem" yoki "Brentford - "Lids"

O'yinlar qachon o'tkaziladi?

Mazkur chorak final uchrashuvlari dam olish kunlariga, yani 4 va 5 aprel sanalariga belgilangan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: thefa.com