

Ma'lumotlarga ko'ra, tashkilot "qizil iblislar"ni "Nyukasl" va "Chelsi"ga qarshi bahslarda o'z futbolchilarini nazorat qila olmagani uchun 94 ming funtga jarimaga tortdi.
Hisobotlarga ko'ra, "Nyukasl"ga qarshi bahsda mankunianlar Ronalduning hisobga olinmagan goli uchun hakamga etiroz bildirishgan. "Chelsi" bilan o'yinda esa futbolchilar MYU darvozasiga belgilangan penalti uchun referidan norozi bo'lishgan.



