Andrey Shipilov: "Lokomotiv" bizning darvozamiz oldida deyarli hech nima qila olmadi"

Mirjalol Normatov
31 okt 2018
Superliganing 28-turi doirasida "Lokomotiv"ga qarshi o'yindan keyin "Metallurg" bosh murabbiyi Andrey Shipilov "Lokomotiv" matbuot xizmatiga intervyu berdi.

- Barcha ko'rganidek, bugun yaxshi, qiziqarli o'yin bo'ldi. Bunday stadionda o'ynash juda yoqimli. Maydonning holatiga yuqori baho bergan bo'lardim. Bugungi raqibimiz bizning darvozamiz oldida deyarli hech qanday vaziyat yarata olmadi.

"Lokomotiv" jamoasini tabriklayman. Bugun ushbu jamoa safida mening 7 nafar shogirdim harakat qilmoqda. Umid qilamanki, ular kimdan saboq olishganini unutishmagan. "Loko"ga omad tilayman. Biz esa o'z ustimizda ishlashda davom etamiz.

Javohir Ilyosov: -Bugungi o'yin qiyin bo'lishini barcha bilardi. Murabbiylar aytgan ko'rsatmalar, qo'yilgan talablarini bajarishga harakat qildik. Mayda xatodan foydalanib, "Lokomotiv" gol urib ketdi. Keyingi o'yinlarda yanada yaxshiroq harakat qilib, o'z muxlislarimizni xursand etishga harakat qilamiz, - deb yozadi "Lokomotiv" matbuot xizmati.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: lokomotiv.uz