Andrey Fyodorov: "Lokomotiv" atrofidagi gap-so'zlar bizga umuman ta’sir ko'rsatgani yo'q"

Superliga 10-tur doirasidagi "Nasaf" - "Lokomotiv" (0:1) uchrashuvidan keyin "temiryo'lchilar" bosh murabbiyi Andrey Fyodorov o'z fikrlarini bildirdi.

Barchani g'alaba bilan tabriklayman. Qarshida bizga oson bo'lmasligini, juda og'ir o'yin o'tkazashimizni kutgandik. Aslida ham shunday bo'ldi. Muhimi, natija qoniqarli bo'ldi. Shu o'rinda har 2-3 kunda o'yin o'tkazish davri tugagani va tanaffusga yaxshi kayfiyatga chiqib ketayotganimiz bilan tabriklayman. Endi chempionatda biroz to'xtalish bo'ladi. Nafasni rostlab olamiz.

O'yin oldidan "Lokomotiv" atrofidagi gaplar? Yo'q, biz o'z rejamizga muvofiq o'yinga tayyorgarlik ko'rgandik. Murabbiylik ishi shunday, bugun sen ishlab turasan, ertaga esa seni ishdan olishlari mumkin. Murabbiy taqdiri shunaqa. Lekin mazkur gap-so'zlar, mish-mishlar menga ham, jamoaga ham umuman ta’sir etgani yo'q. Buni bugungi o'yin ham isbotlab turibdi. Hech qanday asabbuzarliksiz o'yinni o'tkazdik. O'zimizning futbolni o'ynadik. "Lokomotiv" har bir o'yinga faqat g'alabani ko'zlab tushadi. Boshqa yo'l yo'q. 

Muhammadievning holati? Afsuski Muhammadiev uzoq muddatga safdan chiqdi. 

"Lokomotiv"ning oldida doim chempionlik vazifasi qo'yiladi. Boshqacha vazifa yo'q. Biz peshqadam "Paxtakor"ga yetib olish va chempionlikni yana himoya qilish uchun bor imkoniyatlarimizni ishga solamiz.


Manba: championat.asia