Andres Inesta: “Kelajagim haqida kelasi hafta qaror chiqaraman”

“Barselona” klubi yarim himoyachisi Andres Inesta kelgusi faoliyati haqidagi qarorga kelasi hafta kelishini ma'lum qildi.

Kecha kataloniyaliklar “Sevilya”ni yirik 5:0 hisobida mag'lub etib, o'z tarixlarida 30-bor Ispaniya Kubogini qo'lga kiritishgandi. Gollardan birini aynan Inesta kiritgan edi. 

“Kelasi hafta o'z qarorimni e'lon qilaman. Hozir biz bayram qilishimiz kerak. Muxlislarning fikri qarorimga ta’siri qilishi mumkinmi? Balki. Ular men uchun bebahodirlar”, - dedi Inesta.

Eslatib o'tamiz, Andres Inestaning kelasi mavsumni Xitoy Superligasida o'tkazishi haqida xabarlar paydo bo'lgandi. 


Manba: