Andre Villash-Boash “Marsel”ni tark etmaydi

Aslanov Jasurbek
12 okt 2019
"Marsel" bosh murabbiyi Andre Villash-Boash jamoada qolishini ma'lum qildi.

“Bizning asosiy muammomiz – klubimiz moliyaviy qiyin ahvolda ekanligi”, - dedi “Marsel” bosh murabbiyi. – Bu haqda klub prezidenti va egasidan bilib oldim. Umid qilamanki, bu vaqtinchalik qiyinchiliklar va meni bu erda iliq kutib olgan jamoadan ketmoqchi emasman.”

Shuningdek, 41 yoshli mutaxassis o'zining kelajakdagi rejalari haqida gapirib berdi: “Men murabbiylik faoliyatimni o'n yilligini nishonlamoqdaman. Kelgusida “Portu” prezidenti bo'lish istagi ham yo'q emas.” 

Eslatib o'tamiz, Liga 1ning 9-turidan so'ng, "Marsel" sakkizinchi pog'onani egallab turibdi. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RMC Sport