"Andijon" - "Navbahor" uchrashuvi hakami 6,9 ball oldi

Narzulla Saydullayev
28 sen 2014
Oliy liganing 21-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Nasaf" uchrashuvi qanot hakami Andrey Sapenko 4,0 ball olgani haqida xabar bergandik.
Shu turdan o'rin olgan vodiy derbisini navoiylik Rustam Bobomurodov boshqarib bordi.

"Andijon" - "Navbahor" bahsida mezbonlar 3:1 hisobida zafar quchishdi. Uchrashuv nazoratchisi Sardor Najafaliev bosh hakam Rustam Bobomurodovga 6,9 ball qo'ygan.

O'yin davomida hakam ikkala jamoaning to'rttadan futbolchisiga sariq kartochka ko'rsatgan.

Ma'lumot uchun, Bobomurodov bu yil oliy ligada 7ta o'yinda ball olgan. Oldingi oltita o'yinda u eng kamida 8,2, eng ko'pi bilan 9 ball olgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia