

"Paxtakor" klubi tarbiyalanuvchisi bo'lgan Kamolov o'tgan yillar mobaynida "Qizilqum", "Andijon" va "Nasaf" jamoalarida muvaffaqiyatli to'p surdi. 2011 yilgi mavsumda futbolchi "Nasaf" safida OFK Kubogi sohibi bo'ldi. Ma'lum muddatli tanaffusdan so'ng sobiq jamoasiga qaytgan Kamolov joriy mavsumda yana "Andijon" sharafini himoya qilmoqda. Fursatdan foydalanib Kamolovni tug'ilgan kuni bilan tabriklaymiz! Unga sihat salomatlik va kelajakdagi ishlariga omad tilaymiz!



