"Andijon" jamoasi futbolchisi "Neftchi"ga o'tadi

Khoja
27 dek 2025, 09:26
"Andijon" yarim himoyachisi Farhod Sohibjonov yangi mavsumni vodiyning boshqa bir jamoaida o'tkazadi.

Yarim himoyachi yangi mavsumni Farg'onaning "Neftchi" klubida boshlashga yaqin. Bu haqda Narzulla Saydullaev xabar bermoqda.

Ma'lumot uchun, yarim himoyachi "Andijon" jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoada 2020 yildan beri harakat qilib keladi, shu vaqt ichida futbolchi jami 122 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 13 ta gol va 8 ta assist bor.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia