Ander Errera de Xeani PSJga kerak emas deb hisoblaydi. Nimaga?

Alisher
8 iyul 2019
PSJning yangi futbolchisi Ander Errera klub "Manchester Yunayted" darvozaboni David de Xeaning xizmatlariga muhtoj emas deb hisoblaydi.

- De Xea - mening do'stim va dunyoning eng zo'r darvozabonlaridan biri, - deydi Errera. U men uchun top-3 ga kiradi. Ammo PSJda ikkita ajoyib darvozabon bor. Areola va "Ayntraxt"dagi ajoyib mavsumdan so'ng ortga qaytgan Trappni nazarda tutyapman.

Tarkibdagi bor futbolchilardan unumli foydalanib, ularga o'z o'yinlarini ko'rsatishga imkoniyat yaratib berish kerak deb o'ylayman.


AlisherMuallif
Manba: Man Utd Stuff