Anchelotti Xavi va Laportaning "Real" borasida aytgan gaplari haqida: "Bu professionallik emas"

Aslanov Jasurbek
3 fev 2024
Karlo Anchelotti Xavi darajasiga tushmoqchi emasligini aytdi.
Kecha "Barselona" ustozi Xavi quyidagi gaplarni aytdi: "Real" har hafta hakamlarga bosim o'tkazadi. Hatto ko'r ham buni ko'radi, Simeone ham buni aytdi. Ahmoq emasmiz".

Bungacha Kataloniya klubi prezidenti Joan Laporta "Real" - "Almeriya" o'yini haqida gapirib, "Qirollik klubi" hakamlar qaroridan foyda olayotganini ma'lum qildi.


"Ispan futboliga bo'lgan hurmatim tufayli ularning darajasiga tushmoqchi emasman. Bu professional daraja emas. Bu haqida boshqa so'ramang" - dedi "Real" ustozi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca