Anchelotti “Real Madrid”dagi g'alabalar soni bo'yicha Zidanga yetib oldi

Alisher
3 sen 2023
Kecha “Real Madrid” La Liganing navbatdagi turida “Xetafe”ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.

Ushbu uch ochko Karlo Anchelottining “Real Madrid” bosh murabbiyligidagi 172-g'alabasi bo'ldi. Shu tariqa, italiyalik mutaxassis g'alabalar soni bo'yicha Zinedin Zidanga yetib oldi. 

“Real Madrid” bosh murabbiyi sifatida eng ko'p g'alabani Migel Munos qo'lga kiritgan. Uning hisobida 357 ta g'alaba bor.


AlisherMuallif
Manba: championat.com