Anchelotti PSJ bilan asosiy tarkibni hech kimga hech narsa demay aniqlagan ekan

Narzulla Saydullayev
29 sen 2017
Bavariya iste'foga chiqargan Karlo Anchelotti PSJga qarshi o'yinga (0:3) asosiy tarkibni qay tariqa aniqlagani ma'lum bo'ldi.

Uchrashuvdan oldin Karlo asosiy tarkibda maydonga tushadigan 11 nafar futbolchi nomini yozdi va biron so'z demay kiyim almashtirish xonasini tark etdi. Ko'plab futbolchilar bundan shokka tushishdi va g'azablanishdi.

Oldinroq Jerom Boateng asosiy tarkibda tushishi aytilgandi, ammo murabbiy uni xatto qaydnomaga ham kiritmadi. Anchelotti bunga ham izoh bermadi.

Uchrashuvdan oldin jamoa ichki muhiti yomon edi. Futbolchilarga Anchelottining mashg'ulotlari ham yoqmay qolgandi.

Rahbariyat Parijdayoq uni ishdan bo'shatish haqida qarorni qabul qilib bo'lgandi.

Bavariyaning besh nafar futbolchisi Anchelotti bilan ishlashdan to'yishgandi: Riberi, Robben, Boateng, Xummels va Myuller.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sport1.de