

"Van Basten bilan suhbatlashdim va unga ofsaydsiz futbol o'ynash - boshqa sport turiga aylanib qolishini aytdim. Agar ular boshqa sportda o'ynamoqchi bo'lishsa, buni bizga aytishlari kerak. Ofsayd qoidalarini o'zgartirish juda qiyin.
Yangi qoidalarga qarshi emasman, ammo avval ularni sinab ko'rish kerak. Yangi qoidalar bo'ladi. Biroq men emas, kelajak avlod uchun" - deydi Anchelotti.



