Anchelotti: "Ehtimol, Rodrigo va Valverde "Liverpul"ga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshlar"

Sherzod Nurmatov
16 may 2022
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Liverpul"ga qarshi bo'lib o'tadigan YCHL finali uchun tanlayotgan tarkibi borasidagi rejalarini aytib o'tdi.

"Ehtimol, Rodrigo va Valverde "Liverpul"ga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshlar. Balki ha, balki yo'q, lekin ular o'ynashadi.

Valverde tez-tez zarba berib turishi kerak. Bu fazilatdan u avvalgi o'yinlarda unchalik foydalanmagan bo'lsa-da, so'nggi o'yinlarda buni tez-tez bajarib turdi. Bu u uchun ham, biz uchun ham yaxshi.

Nacho? Nacho bor ekan, har bir o'yin uchun tarkib tanlashda muammoga duch kelasiz. "Real"da o'sha-o'sha 11 nafar futbolchi o'ynayvermaydi", – dedi italiyalik mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, "Liverpul" hamda "Real Madrid" o'rtasidagi final bahsi 28 may kuni Parijda o'tkaziladi va u Toshkent vaqti bilan 23:59 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca