Anchelotti: "Atalanta" bilan o'yin "Liverpul"ga qarshi bahsdan qiyinroq bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
29 noya 2018
"Napoli" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Crvena Zvezda"ga qarshi Chempionlar ligasi bahsidan so'ng (3:1) o'z jamoasining keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlariga baho berdi.

Neapolliklar guruh bosqichining so'nggi turida "Liverpul"ga mag'lub bo'lmasliklari kerak. Shu bilan birga jamoani 1:2 hisobidagi mag'lubiyat ham qoniqtiradi.

"Biz Angliyaga qo'rquvsiz yo'l olishimiz kerak. Ammo hozircha "Atalanta" bilan bahs haqida o'ylashimiz lozim. Bergamodagi o'yin Liverpuldagidan qiyinroq bo'ladi.

"Crvena Zvezda"ga qarshi bahsdan ko'nglim to'ldi. Biz bir soat tezkor o'yin namoyish etdik, ammo keyin ruxiy tushkunlik kuzatildi. Shunga qaramay "Napoli" Chempionlar ligasida o'z darajasini ko'rsatdi. Biz eng qiyin guruhda yetakchilik qilyapmiz" - deydi Anchelotti.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com