Anchelotti 5-marotaba o'z jamoasini Chempionlar ligasi finaliga olib chiqdi

Aziz Tukhtamuradov
5 may 2022
Karlo Anchelotti Chempionlar ligasi finallariga chiqish bo'yicha Marchello Lippining rekordini yangiladi.

"Real" 62 yoshli murabbiy qo'l ostida finalga yo'l oldi. Bu Anchelotti uchun faoliyatidagi 5-YCHL finali bo'ladi. Bungacha u 2003, 2005, 2007 yillarda "Milan" bilan, 2014 yilda esa "Real" bilan finalga yo'l olgan. 

Faqatgina bir marotaba Anchelotti YCHL finalida yutqazgan - 2005 yilda "Liverpul"ga. 2007 yilda esa "Milan" "qizillar"dan revansh olgan. 

28 may kuni Parijda o'tkaziladigan final yana "Liverpul"ga qarshi bo'ladi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta